apk.dog
Los mejores juegos para Android

Hola, allí puedes descargar el archivo APK de juegos "MyGov" Para Android gratis, la versión del archivo apk es 3.12.160 para descargar en su dispositivo Android, simplemente haga clic en este botón. Es fácil y con garantía. Solo proporcionamos archivos apk originales. Si algún material de esta web viola sus derechos, infórmenos, por favor

Capturas de pantalla para MyGov
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
  • MyGov: Davlat xizmatlari
Descripción para MyGov: Davlat xizmatlari

Davlat xizmatlarining raqamli formati - tez, qulay va chegirmalar bilan.

MyGov mobil ilovasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning.

Oila, ta'lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10% como chegirma.

Ro'yxatdan o'tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko'proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko'ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o'rnating va o'rtadagi scanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni scanerlang.

MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko'p beriladigan savollarga javoblarni ko'rishingiz hamda ma'lum xizmatlardan foydalanishda videoqo'llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo'yicha batafsil ma'lumotlarni topasiz. Videoqo'llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma'lumotlar shular jumlasidan.

Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko'chmas mulk va avtotransport ma'lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling.

Nikoh holati, kredit tarixi, ta'lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma'lumotnomalar uchun ovora bo'lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to'ldirish o'rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling.

To'lovlar bo'limiga o'ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo'yicha to'lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to'lovlarni ilovadan chiqmagan holda to'lash imkoniyatiga egasiz.

MyGov mobil ilovasini o'rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma'lumotlardan xabardor bo'ling.

Bizning missiyamiz - raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo'shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.

Historial de versiones MyGov: Davlat xizmatlari
Nuevo en MyGov 3.9.126
¿Yangi versiyada nimalar o'zgardi?
— Matnlardagi xatoliklar va kamchiliklar tuzatildi
— Ilmiy unvonlar (PhD) bo'yicha ma'lumotlar “Ta'lim” bo'limiga qo'shildi
— “My Avto” bo'limida haydovchilik guvohnomasini ko'rishdagi UI kamchiliklari tuzatildi
— Avto jarima bayonnomasini ko'rish va to'lov tugmasi bilan bog'liq ayrim qurilmalardagi UI noqulayliklari bartaraf qilindi -
Shifokor retseptlari ro'yxati “Mening salomatligim” bo'limiga qo'shildi
Por favor califica esta aplicación
Información
Otras versiones del archivo APK MyGov para Android
Apps más populares para Android aplicaciones para Android